O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutida navbatdagi seminar o‘tkazildi

26.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi hamda institut o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5- bandlariga asosan joriy yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirlarda davlat muassasasi bo‘lim boshliqlari I.Abdukadirov, R.Sagdullayeva shuningdek muassasa hodimlari B.Abbasov, A.Xasanov va B.Kadirovalar «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi», «Sanoat namunasining huquqiy muhofazasi», «Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash tartibi» mavzularida ma’ruzalari bilan ishtirok etishdilar. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Seminar so‘ngida institutning ilmiy xodimlari, doktarantlar sohaga oid savollari, muamollari bilan murojaat etish imkoniga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha atroflicha tushincha va ko‘nikmalar oldilar.

_