Intellektual mulk markazi xodimlari Adliya vaziriligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamda Yevroosiyo patent tashkiloti hamkorligida “Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishda texnoparklarning lisenziyalash bo‘yicha salohiyatini oshirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar-treningida ishtirok etdilar.

14.03.2024

Joriy yilning 13-14-mart kunlari Toshkent shahrida joylashgan Frankfort mehmonxonasida Adliya vazirligi, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamda Yevroosiyo patent tashkiloti (YPT) bilan o‘zaro hamkorlikda xalqaro ekspertlar va YPTga a’zo davlatlarning texnoparklari ishtirokida “Texnoparklarning intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishda litsenziyalash sohasidagi salohiyatni oshirish” mavzusida gibrid formatda mintaqaviy seminar-trening o‘tazildi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha mas’ul xodimlarning va mahalliy texnoparklarning mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmasini oshirish orqali yangi ishlanmalardan sanoatda faol foydalanilishiga ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda mahalliy va xorijiy texnoparklar o‘rtasida muloqot maydonini yaratish hisoblanadi.

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori, ekspert va xodimlari faol ishtirok etdilar. Shuningdek bu tadbirda davlat muassasasi bilan hamkorldikda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari qoshida ochilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlaridan (TIQQM) ham mas’ul xodimlar qatnashdilar. Tadbirga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan markaz xodimlari bevosita tashrif buyurdilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan TIQQM xodimlarining esa onlayn ishtiroki ta’minlandi.

_