Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Jizzax politexnika institutida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

14.03.2024

Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov boshchiligida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Jizzax politexnika institutida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Seminarda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzalarni TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov, Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonovlar yoritib berdilar. Seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etib, sohaga oid savollari, muamollari bilan murojaat etish imkoniga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha atroflicha tushincha va ko‘nikmalar oldilar.

_