Jizzax viloyatining oliy ta’lim muassasasida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

14.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov hamda bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov, I.Abduqodirov, E.Nishonovlar ishtirokida intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida seminar o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlari va shu sohaga aloqador shaxslar ishtirokida intellektual mulk bo‘yicha ilmiy ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

_