Jizzax viloyatida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq seminar o‘tkazildi.

13.03.2024

Joriy yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov hamda muassasa bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov, I.Abdukadirov, E.Nishonovlar ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq seminar o‘tkazildi.

Seminarda "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, Ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Patentlashga oid turli savollar", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi. Tadbirda muassasaning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ishtirok etib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

_