O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Intellektual mulk sohasida hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

12.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ilmiy xodimlar, fan doktorlari va fan nomzodlari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish va ularda yuzaga keladigan muammolarga o‘zaro yechim topish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasi Boshqaruv apparati majlislar zalida Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G‘.Baxadirov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Ibragimov, Fanlar akademiyasi tassarufidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining rahbarlari hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida Intellektual mulk yo‘nalishidagi hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aytib o‘tish joiz, Fanlar akademiyasi davlatimizning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahmaklash yuzasidan kelishib oldilar.

_