Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

06.03.2024

Joriy yilning 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi seminar oʻtkazildi. Seminarlarda Intellektual mulk markazining Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i R.Sagdullayeva, Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish bo‘limi bosh maslahatchisi B.Kadirova, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Xasanov va Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi katta maslahatchisi N.Bo‘riyevlar tomonidan, "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari", “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash tartibi”, "Ixtiro va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari" mavzularida maʼruzalar qilindi.

Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorolar haqida aytib o‘tildi. Hususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbirlarda muassasaning ilmiy xodimlari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

_