Andijon davlat tibbiyot institutida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

01.03.2024

Aytish joizki, hozirgi kunda intellektual mulk obyektlari rivojlangan davlatlarning katta daromad manbai bo‘lib, fuqarolik muomalasiga eng ko‘p kiritiladigan hamda davlat iqtisodiyotini rivojlanishida muhum o‘rin tutadigan sohalardan biridir. Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik va novatorlik faoliyati jadallik bilan rivojlanmoqda.

Shu bois joriy yilning 29-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, markazning TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshligi S.Raxmanov, Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov, Andijon viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi M.Muhammedovlar tomonidan institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida intellektual mulkga oid bilimlarini o‘stirish, ularda yuzaga keladigan savollarga javob berish, uning huquqiy muhofazasini ta’minlash, intellektual mulk sohasi bo‘yicha foaliyatni jonlantirish va intellektual mulkni tijoratlashtirishda ko‘maklashish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida, xorijiy davlatlarda ixitro va foydali modellarni patentlash tartibi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Bugungi kunga kelib tibbiyot sohasiga oid ixtiro va foydali modellarni tijoratlashtirish borasida ham bir qancha fikr va mulohazalar ham yuritildi. Shu bilan birga tadbirga tashrif buyurgan tadbirkorlik subyektlari, ixtirochilar va boshqa manfaatdor shaxslarga sohaga oid mavjud bo‘lgan muammolarini yechishda alohida yondashgan holda amaliy yordam ko‘rsatildi.

_