Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq seminar o‘tkazildi.

29.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan joriy yilning 29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Seminarlarda Intellektual mulk markazining Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i R.Sagdullayeva, bo‘lim bosh maslahatchisi B.Karshiboyev, Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish bo‘limi bosh maslahatchisi B.Kadirova va Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi katta maslahatchisi N.Bo‘riyevlar tomonidan "Seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzishga qo‘yiladigan talablar", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari", “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash tartibi”, “EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga talabnoma topshirish qoidalari” mavzularida maʼruzalar qilindi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorolar haqida aytib o‘tildi. Hususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbirda tashkilotning rahbar-xodimlari, ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi xodimlari ishtirok etdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ijobiy javoblar oldilar.

_