Andijon davlat universitetida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

29.02.2024

Joriy yilning 29-fevral kuni Andijon davlat universitetida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbariyati ishtirokida oliy ta’lim muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Rahmanov, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i E.Nishonovlar tomonidan respublikamizda intellektual mulk sohasiga oid amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlarda ixtiro va foydali modellarni patentlash tartibi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi. Tashrif davomida institutning ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgan laboratoriyalarida bo‘lib, u yerda amalga oshiralayotgan innovatsion faoliyat bo‘yicha yaqindan tanishdilar.

_