Andijon mashinasozlik institutida intellektual mulk sohasiga oid navbatdagi seminar o‘tkazildi.

28.02.2024

“Intellektual mulk” – inson ijodiy faoliyatining moddiy yoki g‘oyaviy ko‘rinishdagi natijalari va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mulk hamda fuqarolik huquqining alohida o‘ziga xos obyekti bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolarga bu huquqlardan foydalanishda barcha sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun intellektual mulk tushinchasini fuqarolar ongiga yetkazish, uning muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish va bu huquqlardan erkin foydalanishda to‘g‘ri yo‘nalishlar berish zarur. Shu boisdan joriy yilning 28-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, markazning TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshligi S.Raxmanov, Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov, Andijon viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi M.Muhammedovlar tomonidan institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasida malakasini oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq amaliy yordamlar ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

_