Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Andijon viloyat Adliya boshqarmasida sayyor qabul o‘tkazildi.

28.02.2024

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham intellektual mulkka bo‘lgan huquq aktual bo‘lib bormoqda. Intellektual mulk aqliy yoki ijodiy faoliyat mahsuli sanaladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ijodiy mehnat natijasida yaratilgan asar intellektual mulk sifatida himoya qilinadi. O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish yuzasidan huquqiy tizim yaratilgan. Jumladan, intellektual mulkni bevosita tartibga solishga qaratilgan sakkizta qonun va o‘ndan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Ushbu qonunlar asosida tegishli tashkilotlar tomonidan xalqning intellektual mulk sohasi bo‘yicha huquqiy ongini oshirish borasida turli xil sayyor qabullar, davra suhbatlari va seminar-treninglar rejalashtirilgan. Mana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, markazning TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshligi S.Raxmanov, Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov, Andijon viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi M.Muhammedovlar tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, ularga muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq fikr va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

_