“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Farg‘ona viloyatining oliy ta‘lim muassasasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

21.02.2024

Joriy yilning 21-fevral kuni Farg‘ona davlat universitetida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari ishtirokida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Seminarda markaz direktor o‘rinbosari M.Mansurov hamda muassasa bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov, I.Abdukadirov, S.Abdullayev, E.Nishonov va Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi I.Abdullazizovlar xorijiy davlatlarda ixitro va foydali modellarni patentlash tartibi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan suhbat olib bordilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilarning sohaga oid mavjud muammolarini tinglab, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi hamda shu yerning o‘zida amaliy yordamlar berildi.

_