Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

16.02.2024

Joriy yilning 16-fevral kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda intellektual mulk faoliyatga oid turli ko‘rgazma burchaklari tashkil qilindi. Ko‘rgazmada intellektual mulk obyektlaridan ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlariga oid burchaklar tashkil qilinib, ushbu obyektlardan namunalar ko‘rsatildi va tegishli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar uchun maxsus ekskursiyalar tashkillashtirildi va intellektual mulkning barcha obyektlari bo‘yicha artoflicha keng ma’lumotlar berildi. Hususan, tovar belgilari burchagidagi asl mahsulot hamda kontrafakt mahsulotlarning farqlari har bir detaligacha ko‘rsatilib, kontrafakt tovarlarni ishlab chiqarish va sotish nafaqat original ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini buzishi, balki iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga ham xavf solishi, bu borada qonunchiligimizdagi jarimalar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Aytib o‘tish joizki, “Оchiq eshiklar kuni”da Intellektual mulk markazi faoliyati ishtirokchilarda juda qiziqarli taassurotlarni qoldirdi.

_