Tarmoqli rejaga ko‘ra respublikamizning Oliy ta’lim muassasalarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi boshlandi.

13.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan Namangan muhandislik texnologiya institutida institut olimlari va soha vakillari bilan birgalikda seminar o‘tkazildi. Tadbir "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘i A.Urinbayev, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i E.Nishonov hamda Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi J.Qo‘chqarovlar ishtirokida do‘stona tusda davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashrifda Intellektual mulk sohasidagi yangiliklar va qarorlarni tanishtirdi. Hususan, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Tadbir davomida ixtiroga va foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma shartlari, sanoat mulki obyekti ustuvorligi, talabnomalami o‘zgartirish, patent olish huquqi, patent berish haqidagi talabnomani Vazirlikka birinchi bolib topshirgan shaxsga tegishli bo‘lishi, ixtironing va foydali modellaming patentga layoqatlililik shartlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, Namangan muhandislik texnologiya institutining Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazi tomonidan qilingan ishlari hamda ushbu markazning kelajakdagi isliqbollari haqida aytib o‘tildi. Soha bo’yicha bugungi kunda kamchilik va yutuqlarni ham ta’kidlab o’tildi.

_