Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

13.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 2-ilovasi 17.4-bandi “Istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko‘maklashish” ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Namangan viloyatining Namangan shahrida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘i A.Urinbayevlar jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot olib borishti. Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish”, “Hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish”, “Hududiy brendlarni geografik ko‘rsatkichlar bilan muxhofaza qilish”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Uchrash davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lishining afzalliklari, o‘z brendini yaratish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan muhofaza qilish, hududiy brendlarni geografik ko‘rsatkichlar bilan muhofaza qilish, shuningdek, tadbirkorlarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muhokama tadbirkorlik subyektlari - tadbirkor, hunardmandlar, viloyatning shahar-tuman davlat xizmatlari vakillari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi.

_