TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslariga start berildi.

29.01.2024

Joriy yilning 29-yanvar – 2-fevral kunlari davomida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi mutaxassislari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan TIQQM mas’ul vakillarining intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn o‘quv kurslariga start berildi.

Mazkur o‘quv kurslari davomida Respublika oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan TIQQM vakillarining bir guruhi uchun intellektual mulk obyektlari bo‘lgan tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari huquqiy muhofazasi va talabnomalar tuzish, ixtiroga talabnomalar topshirish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy patent bazalari bilan tanishish va ularda ishlashni o‘rganish, shuningdek TIQQM mas’ul xodimlarining majburiyat va vazifalari mavzularida soha mutaxassislari tomonidan mazmunli o‘quv kursi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

_