Navbatdagi 32-Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi tashkil etildi.

06.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son Qarori bilan tasdiqlangan intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning tegishli bandiga asosan hududlarda sohaviy “fan — ta’lim — ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga maxsus axborotlar bazalari, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Рaxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi tashkil etildi. Aytish joiz, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

_