Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq seminar-trening o‘tkazildi

26.01.2024

Joriy yilning 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Seminarlarda Intellektual mulk markazining Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar tomonidan "Seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzishga qo‘yiladigan talablar, Ekspertiza jarayoni haqida", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi. Tadbirda tashkilotning rahbar xodimlari, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

_