Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

05.01.2024

2024 yilning 5 yanvar kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda 200 dan oshiq 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ham ko‘rgazmada faol ishtirok etdi. Ko‘rgazmada intellektual mulk obyektlaridan ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlariga oid burchaklar tashkil qilinib, ushbu obyektlardan namunalar ko‘rsatilib tegishli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

Tadbir davomida mehmonlar uchun intellektual mulk obyektlari bo‘yicha tanishuv ekskursiyalari tashkillashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ochiq eshiklar kunida Intellektual mulk markazi faoliyati ishtirokchilarda juda qiziqarli taassurotlarni qoldirdi.

_