Qashqadaryo viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

21.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi rahbariyati tomonidan chekka hududlardagi aholi va tadbirkorning Intellektual mulk sohasiga oid yuzaga kelgan savollariga javob berish, mavjud muammolarni yechimini topishga ko‘maklashishi bo‘yicha ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 21-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbir "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tashkiliy nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida konstruktiv muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lishining afzalliklari, o‘z brendini yaratish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan muhofaza qilish, tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish, shuningdek, tadbirkorlarning o‘z faoliyatlari doirasida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

_