“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbir o‘tkazildi.

06.12.2023

Joriy yilning 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘linmasi xodimi ishtirokida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligi ta’minlash hamda ushbu holatlarda xarakat qilish” mavzusida tadbir otkazildi.

Tadbirda aholi o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ushbu fojealardan saqlanish choralariga o‘rgatish maqsadida taqdimot va davra suhbati o‘tkazildi. Anjuman markazning barcha xodimlari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi

_