Markaz xodimlari “Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi” bo‘yicha navbatdagi seminarda ishtirok etdilar.

04.12.2023 - 05.12.2023

Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi raisligida, АQShning O‘zbekistondagi elchixonasining murojati bilan, AQSH Savdo vazirligining Savdo huquqini rivjlantirish dasturi (CLDP) ofisi tomonidan “Texnologiyalar transferi boshqaruvini yaratish” bo‘yicha seminar tashkillashtirildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Ozbekistonda Texnologiyalar transveri boshkaruvi uchun intellektual mulk siyosatini ishlab chiqish, xamda respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida texnologiyalar transferi bo‘limini ochish majburiyatini yuklatish.

Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash juda muhim. Shu sabab, bu yigʼilishda Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasi rahbariyati boshchiligida bir qator xodimlar ham ishtirok etdilar. Xodimlar bu ikki kunlik anjumanda foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

_