Navoiy viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

28.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 1-ilovasi 5-bandi – “Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish” bo‘yicha ijrosini ta’minlash maqsadlarida Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida joriy yilning 28-noyabr kuni Navoiy viloyatida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi va Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil qilindi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligi I.Abdukadirovlar ishtirok etdilar. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbir ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sanoat mulki obyektlari bo‘lgan ixtiro, foydali model va sanoat namunalari hamda tovar belgilariga huquqiy muhofaza olish uchun talabnoma tuzish tartibi, tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar, ekspertiza jarayoni, «ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida Intellektual mulk sohasiga oid murojaatlar yuzasidan sayyor qabul tashkil qilindi. Tadbirda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aktsiyadorlik jamiyati «NAVOIYURAN» davlat korxonasi, viloyatdagi tadbirkor-hunarmadlar hamda Navoyi shahridagi oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlari va tadqiqotchilari tomonidan patentlashga oid turli masalalar yuzasidan savollariga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

_