Tarmoqli reja-jadvali asosida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

28.11.2023

2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va Navoyi viloyati adliya boshqarmasi hamda “Navoyi” EIZnind Direksiyasi huzuridagi TIQQM vakillari ishtirokida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida seminar-treningi oʻtkazildi. Seminarda Intellektual mulk markazi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, ixtiro va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abdukadirovlar tomonidan ixtiro va foydali model obyektlari, ixtiro va foydali model formulasi, intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portal, mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga talabnoma tuzish va ko‘rib chiqish qoidalari yuzasidan so‘z bordi. "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi.

Tadbirda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va davlat pedagogika institute, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Albatta yurtimizning koʻplab hududlarida o‘tkazilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

_