Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sayyor qabul o‘tkazildi.

23.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 1-ilovasi 5-bandi – “Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish” bo‘yicha ijrosini ta’minlash maqsadlarida Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida joriy yilning 23-noyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligi I.Abdukadirovlar ishtirok etdilar. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbir ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sanoat mulki obyektlari bo‘lgan ixtiro, foydali model va sanoat namunalariga huquqiy muhofaza olish uchun talabnoma tuzish tartibi, tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar, ekspertiza jarayoni, «ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida Intellektual mulk sohasiga oid murojaatlar va huquqini buzilishi holatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil qilindi. Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Olmaliq shahridagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot olib boruvchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

_