“Yashil makon” umummilliy loyihasida Toshkent shahri Mirobod tumanining “Bilimdon” mahallasida “Adliya bog‘lari” bog‘i barpo etildi.

18.11.2023

Joriy yilning 18 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Mirobod tumanining “Bilimdon” mahallasida “Adliya bog‘lari” bog‘i barpo etildi. Tadbirda markaz rahabarlari B.Sagdullayev, M.Mansurov hamda muassasa xodimlar ishitrokida qariyib 300 dan ortiq turli xil manzarali, butali va mevali daraxtlar ekildi. Ko‘chat ekish jarayonlari maxsus mutaxassis ko‘rsatmalariga asosan, daraxt ekish qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarini ko‘kalamshlashtirish, obodonlashtirish ishlari muntazam olib borilishi nazarda tutilgan.

_