Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati doirasida 2-Milliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

10.11.2023

Joriy yilning 10-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 2-Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman TIQQMlarning yillik faoliyati yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi mo‘ljallangan istiqboldagi loyiha-rejasini tuzib olishga bag‘ishlandi.

Anjuman sessiyalari intellektual mulk huquqlarini boshqarish, tijoratlashtirish, markazlar va biznesning o‘zaro aloqalari, ixtirochilik sohasidagi startaplar va sohaning shu kabi boshqa qator dolzarb masalalariga bag‘ishlandi. Anjuman davomida TIQQMlarning yillik faoliyati, amalga oshirgan ishlari hamda istiqbolli rejalari tahlil qilinib, muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Intellektual mulk obektlarini chet ellarda patentlash, ishlanmalarni huquqiy muhofaza qilishdagi muammolar o‘rganildi va yechimlar berildi. Markazlar ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirishda, respublikamiz mintaqalarida intellektual mulk sohasiga oid konferensiyalar, o‘quv seminar-treninglarini o‘tkazish, ilmiy-metodik hamda axborot materiallarini tarqatish orqali jamiyatda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini tashviqot qilish va ommalashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Anjumanda respublika miqyosida markazlar sonini oshirish, muvofiqlashtirish hamda ularning faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

_