Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Xiva shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.

31.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 2-ilovasi 17.4-bandi “Istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko‘maklashish” ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Xorazm viloyatining Xiva shahrida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbir ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish”, “Hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish”, “Hududiy brendlarni geografik ko‘rsatkichlar bilan muhhofaza qilish”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lishining afzalliklari, o‘z brendini yaratish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan muhofaza qilish, hududiy brendlarni geografik ko‘rsatkichlar bilan muhhofaza qilish, shuningdek, tadbirkorlarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muhokama tadbirkorlik subyektlari - tadbirkor, hunarmandlar, viloyatning shahar-tuman davlat xizmatlari vakillari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad subyektlarning intellektual mulk huquqlari muhofazasini ta’minlash bo‘yicha bilimlarini oshirish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirish, hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

_