Qoraqalpog‘iston Respublikasida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

27.10.2023

Joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Seminarda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzusida ma’ruzalar qilindi. Seminar mavzularini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirovlar yoritib berdilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Seminar muassasa vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

_