Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildi.

27.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 2-ilovasi 17.4-bandi “Istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko‘maklashish” ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 27-oktabr kuni Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i I.Abduqodirovlar jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot olib bordilar. Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Xususan, ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi, tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar, xalqaro patent klassifikatori, ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari bo’yicha atroflicha ma'lumot berib o‘tildi. Ixtiro va foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning o‘zlari faoliyat olib borayotgan sohalarida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muhokama ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar, tadbirkorlik subyektlari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad subyektlarning intellektual mulk huquqlari muhofazasini ta’minlash bo‘yicha bilimlarini oshirish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirish, hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

_