Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

29.10.2023

Joriy yilning 26- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Toshkent davlat texnika universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar.” “Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni”, “ip.adliya.uz tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari” mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Seminarda Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirov ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Ixtiro yoki foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek, elektron shakldagi ariza-blankasini to‘ldirish qoidalari, ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza hujjatlari jamlamasini yuborish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi. Aytib o‘tish joyizki, albatta, yurtimizning ko‘plab hududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

_