“21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni”

21.10.2023

Til – bu millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Tilning egasi xalq, ammo xalqning bitta vakili loqayd bo‘lsa ham milliy til sofligiga putur yetadi. Bu yil Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. 2020-yil 10-aprelda “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlanishi to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Mana bir necha yildirki, 21-oktabr – yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi xodimlari ishtirokida ushbu bayramga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

Tadbir boshida markazning Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilar bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayev so‘zga chiqib barchani “O‘zbek tili bayrami kuni” bilan tabriklab, jamiyatda tilning o‘rni va ahamiyati, bugungi kunda O‘zbekistonda til rivojo yo‘lida qilinayotkan amaliy harakatlar to‘g‘risida qisqa nutq so‘zlab o‘tdi. So‘ngra markaz hodimi Sh. Rasulov so‘zga chiqib, o‘zbek tili va uning rivojlanishi tarixi, mustaqillik yillarida o‘zbek tili rivoji yo‘lida qilingan ishlar va qabul qilingan qonun hujjatlari haqida taqdimoti bilan ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida markazning boshqa xodimlari ham yuqoridagi ma’lumotlarga va so‘zlarga qo‘shimchalar qilib, o‘zbek tilining millat kelajagida tutgan o‘rni, ona tilimizning nufuzini va unga bo‘lgan hurmatni nafaqat davlat miqyosida, balki xalqaro maydonda keng ommalashtirish kerakligi, bunda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida o‘zlarining taklif va fikrlarini bildirib o‘tdilar.

_