Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

18.10.2023

2023 yil 18- oktabr kuni Buxoro muhandislik texnologiya instituti huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari hamkorligida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar tarkibi uchun “Sanoat mulki obyektlari - ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi, ularning farqi.”, “Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar.”, “Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni. Patent bazalari va Patent axborot qidiruvi”, “ip.adliya tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari” mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar tomonidan ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, xususan ixtiro va foydali model tavsifi, referat, formulalarni to‘g‘ri yozish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, suhbat davomida tinglovchilar yangi “ip.adliya.uz” tizimidan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari maqsadida, ushbu tizim orqali talabnoma topshirishning alohida jihatlari haqida ko‘rgazmali ravishda namoyish qilib berildi.

_