“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari “Adliya ayoli” tanlovida ishtirok etdilar.

18.10.2023

Adliya vazirining 29.09.2023 yildagi 260-um-sonli “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o‘rtasida “Adliya ayoli” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosi yuzasidan joriy yilning 16-17- oktabr kunlari, Olmos konvension maskanida O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o‘rtasida “Adliya ayoli” respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari B.Kadirova, F.Shamansurova, U. Nishonova, N. Nasirillayevalar ishtirok etdilar. Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirishdan iborat.

Bunday tanlovlarning tashkil etilganligi avvalo jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor deb bolish lozim, ayniqsa yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida xotin-qizlarning jamiyatda tengligi, ularning nafaqat oilada, balki jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnini namoyon qilish bilan bir qatorda ularning qobiliyat va iqtidorlarining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, albatta.

_