Xalqaro hamkorlik: Qozog‘iston Respublikasida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 2-anjumani bo‘lib o‘tdi.

13.10.2023

Joriy yilning 12-13 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Qazpatentida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 2-anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida BIMTning Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori janob Endryu Chaykovskiyning kirish video murojaati anjuman ishtirokchilariga namoyish etildi.

Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov “O‘zbekiston Respublikasi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarininig faoliyati” mavzusidagi maʼruzasi bilan videokonferentsiya formatida ishtirok etdi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan hamda hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Ma’ruzadan so‘ng tadbir qatnashchlari tomonidan berilgan bir qator savollarga to‘laqonli javob berildi. Mamlakatimizda TIQQMlar faoliyatini jonlashtirish maqsadidagi olib borilayotgan ish tajribasi chet ellik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur tadbirda ishtirok etish Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining universitetlar, kichik va o‘rta biznes, boshqa innovatsion tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligini turli mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, ularning intellektual mulkni rivojlantirishdagi rolini o‘rganish imkonini berdi.

_