Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida oliy ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

12.10.2023

Joriy yilning 12-oktabr kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari ishtirokida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar tomonidan «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida maʼruzalar qilindi. Uchrashuvlar konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi, mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

_