Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

10.10.2023

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetlarida navbatdagi oʻquv seminar-treninglar oʻtkazildi.

Seminarlarda Intellektual mulk markazining Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayev, yetakchi maslahatchi N.Bo‘riyevlar tomonidan "Seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzishga qo‘yiladigan talablar. Ekspertiza jarayoni haqida", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi. Tadbirlarda taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Albatta yurtimizning koʻplab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtiroklarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

_