Jizzax viloyatida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

05.10.2023

Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Jizzax politexnika institutida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Seminarda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida ma’ruza qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov hamda Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar yoritib berdilar. Seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

_