MILLIY LIBOSLAR QADRIYATLARDAN SOʻZLAYDI.

28.09.2023

Har bir davlatning oʻziga xos liboslari, urf-odatlari, marosimlari boʻlib, ularning har biri shu davlatning oʻtmishini, faoliyatini, aks ettirib turadigan millat koʻzgusidir. Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida Respublikamizda doimiy ravishda har yili “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang’ich tashkiloti a’zolari ham ushbu festival doirasida faol bo’lishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda #Xon atlas chellenjini tashkil etilib, turli xil fleshmoblar tayyorlab faol ishtirok etishdi. -Bu tarzda o‘tkazilayotgan festivallar qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va eng muhimi milliyligimizni mazmunan boyitish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi, - deydi muassasa Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang’ich tashkiloti raisi Umida Nishonova. Festival doirasida go‘zal tabiat qo‘ynida suhbat, fikrlar almashinuvi va mushoira tashkil etildi.

_