Farg‘ona viloyatida intellektual mulk bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

20.09.2023

Joriy yilning 20 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona politexnika institutlari Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari hamkorligida ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun "Sanoat mulki obyektlari - ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi, ularning farqi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni. Patent bazalari va Patent axborot qidiruvi", "«ip.adliya tizimi» orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar ixtirolar, foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Ixtiro hamda foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchilik muhokama qilindi. Shuningdek, suhbat davomida tinglovchilar yangi “ip.adliya.uz” tizimidan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari maqsadida, ushbu tizim orqali talabnoma topshirishning alohida jihatlari haqida ko‘rgazmali ravishda namoyish qilib berildi. Seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Aytib o‘tish joyizki, albatta, yurtimizning ko‘plab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

_