Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan Andijon va Namangan viloyatlarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi.

07.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 2-ilovasi 17.4-bandi “Istiqbolli geografik ko’rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko’maklashish” ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida joriy yil 6-7 iyun kunlarida Andijon va Namangan viloyatlarida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilari bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayevlar jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko’rib chiqish, aholi bilan to’g’ridan to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish bo’yicha tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot olib borishti.

Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlarini deponentlashga talabnomalar tayyorlash”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Xususan, uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lishining afzalliklari, o‘z brendini yaratish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan muhofaza qilish, tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish, shuningdek, tadbirkorlarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muhokama viloyatning shahar-tuman davlat xizmatlari vakillari, tadbirkorlik subyektlari, xalq amaliy san’ati ustalari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining intellektual mulk huquqlari muhofazasini ta’minlash bo‘yicha bilimlarini oshirish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirish, hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

_