20.04.2023
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti TIQQMli hamkorligida “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” hamda “Patent hujjatlarifa oid milliy va xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish” mavzularida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshligʻi S.Raxmonov hamda Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligʻi I.Abduqadirov tomonidan mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi. Tadbirlarda taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Albatta yurtimizning koʻplab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtiroklarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.