15.03.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’etlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar o‘tkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida hamda "Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Jizzax politexnika instituti va Guliston davtlat universitetlarida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.
Seminarda Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshligʼi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirovlar ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Ixtiro yoki foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchilik muhokama qilindi.
Aytib o‘tish joyizki, albatta, yurtimizning ko‘plab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.