07.09.2021
Namangan muhandislik-qurilish institutida jоriy yil 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi delegatsiyasi va institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini(TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati imzolandi. Shuningdek, Agentlikning Intellektual mulk konsultativ markazi hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti o‘rtasida 24/TIQQM-sonli hamkorlik bitim imzolandi.
Bitim tuzulgandan so’ng kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan reja dasturlari ko’rilib chiqildi.