Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazi Toshkent “To’qimachilik va yengil sanoat” institutida tashkil etildi.

31.03.2021

2021 yil 31 mart kuni Toshkent “To’qimachilik va yengil sanoat” institutida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakillarining instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasi sohasida bo’lgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazini (TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi. Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to’g’risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ro’yhati va “Intellectual mulk konsultativ markazi” hamda Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat instituti o’rtasida hamkorlik to’g’risida 21/ ЦПТИ- sonli bitim imzolandi.

_