“INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish kurslari

Joriy yil 3 oktyabridan Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o'qitish va ularning malakasini oshirish o'quv markazida navbatdagi “INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish kurslari (rus tilida) boshlanishini ma'lum qilamiz. O'quv kursi intellektual mulk sohasidagi qonunchilik, ixtiro va foydali modellar, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining O'zbekiston Respublikasidagi huquqiy muhofazasi, talabnomalarni rasmiylashtirish, patentning mohiyati va patent tizimining vazifalari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Mazkur o'quv kursi shartnoma asosida olib boriladi. Mashg'ulotlar bir oy davom etadi (144 soat).

O'quv kursi yakunlariga ko'ra tinglovchilarga tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqami: 232-50-48,

el.pochta: f.ergasheva@ima.uz.